Opta superkompyuteri Ispaniya jamoalarining joriy La Ligada g'alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi.
Manbaga ko'ra, chempionlikni qo'lga kiritish uchun eng katta imkoniyat "Real Madrid"da (86,7%). Chempionlik uchun ikkinchi da'vogar – “Jirona” (6,2 foiz), “Atletiko” (5 foiz), “Barselona” (2 foiz) va “Real Sosedad” (0,2 foiz).
23-turdan keyin “Real” 58 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Jirona" 56 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.
Ertaga, 10 fevral kuni La Liganing 24-turida “Real” va “Jirona” o'zaro bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.