"Manchester Siti" jamoasi tarkibnini kuchaytira oladigan futbolchilarni izlash uchun transfer bozorini o'rganmoqda.
TodoFichajes nashri ma'lumotlariga ko'ra, "Real Sosedad"ning yaponiyalik futbolchisi Takefusa Kubo "shaharliklar"ning nishonida.
Manbaga ko'ra, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola 22 yoshli yaponiyalikni o'z jamoasida ko'rmoqchi. Shu bilan birga, "shaharliklar" jiddiy raqobatga duch kelishlari mumkin. Kuboga ko'plab klublar qiziqish bildirmoqda, jumladan, futbolchining 50 foiz moliyaviy huquqlariga egalik qiluvchi "Real Madrid".
Qayd etilishicha, Kuboni “Real Sosedad”dan 60 million evroga sotib olish mumkin bo'ladi.