Madridning "Real" klubi sobiq hujumchisi Emmanuel Adebayorga Afrika terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo'lish taklifi tushdi. Bu haqda Mail Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 39 yoshli sobiq futbolchi Togo terma jamoasini boshqarishi mumkin edi, biroq bu taklifni rad etgan.
Qayd etilishicha, Adebayorning kelajakdagi faoliyati uchun boshqa rejalari ham bor.
Eslatib o'tamiz, Adebayor bungacha "Monako", "Manchester Siti", "Real", "Tottenxem", "Kristal Pelas" va boshqa ko'plab jamoalarda o'ynagan. Togolik futbolchining faoliyatidagi so'nggi klubi mahalliy “Semassi” bo'lib, u o'tgan yilning mart oyida uni tark etgandi.