Hozirda "Real"da ijarada o'ynayotgan "Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalaga faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirish imkoniyati bor.
Jurnalistlarning yozishicha, tajribali Manuel Noyerga o'rinbosar qidirayotgan Myunxenning "Bavariya" klubi 29 yoshli darvozabonni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Shartnoma yozgi transfer oynasida yakunlanishi mumkin.
Kepaning o'zi allaqachon Myunxenga o'tishga rozi bo'lgan. Arrisabalaganing "Chelsi" bilan ijara shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.