“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasi bilan shartnomasini yaxshilangan sharoitda uzaytirishiga tayyor. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Eduardo Inda xabar beradi.
"Ronaldu "Real“ bilan yangi shartnoma imzolaydi. Shundan keyin uning maoshi oshadi. U jamoa bilan muzokaralar olib bormoqda.
Ayni damda kelishuv 2021 yilga qadar mo'ljallangan. Portugaliyalik futbolchi esa 2022 yilgacha jamoa bilan bo'lishni istaydi.
Uning maoshi 22 million evrodan 30 milliongacha ko'tariladi"
Inda Ronaluning “Barselona” a'zosi Lionel Messidan ham ko'proq maosh olmoqchi ekanligini ma'lum qilgan.