Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroosning onasi Birdjit Kammer o'g'lining kelajagi haqidagi taxminlari bilan o'rtoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, germaniyalik yarim himoyachining "Qirollik klubi" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.
"Agar Toni "Real" bilan shartnomasini uzaytirsa, murabbiyi va hamkorlarini hamda o'g'li Leoni xursand qiladi. Lekin men Toni ham baxtli bo'lishini xohlayman, shuning uchun u o'zi uchun eng yaxshi qarorni qabul qilishi kerak. Biz uning har qanday tanlovini qabul qilamiz", - dedi Kroosning onasi Madrid Xtra bilan suhbatda.
Toni joriy mavsum Ispaniya chempionatida bitta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Madridning “Real” klubi 34 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirishni istamoqda.