Ispaniya La ligasi prezidenti Xaver Tebas «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappening «Real»ga o'tish ehtimolini baholadi.
Eslatib o'tamiz, frantsiyalik forvardning Luis Enrike jamoasi bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi.
"Hujumchi hali yangi shartnomaga imzo qo'yishdan yiroq. "Men bir necha hafta oldin o'tish ehtimoli 50% atrofida ekanligini aytdim.
O'ylaymanki, bu ko'rsatkich endi yuqoriroq bo'ldi. Menimcha, imkoniyat allaqachon 55-60%. Har kuni Mbappe «PSJ» bilan yangi shartnoma imzolamasa, ehtimol ortib boradi", - deya Tebasning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.