Ispaniya chempionatining 24-turidan o'rin olgan «Real» va «Jirona» o'rtasidagi markaziy bahsni Xuan Martines Munuera boshqarib boradigan bo'ldi.
Bahs 10 fevral kuni «Santyago Bernabeu» stadionida bo'lib o'tadi. Bosh hakam vazifasini Xuan Martines Munuera bajarsa, VARda Alberola Roxas ishlaydi.
Eslatib o'tamiz, Martines Munuera «Alaves» - «Barselona» o'yinini boshqarib, «ko'k-anorranglilar» hujumchisi Vitor Rokeni maydondan chetlatgandi.
«Real» 23-turdan so'ng 58 ochko bilan La ligada peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, 2-pog'onadagi «Jirona» hisobida 56 ochko mavjud.