Yarim himoyachi Joshua Kimmix kelasi yozda “Bavariya”ni tark etishi mumkin. Shu sababdan myunxenliklar hozirda transfer bozorini o'rganmoqda va yarim himoya pozitsiyasida o'yinchi qidirmoqda. Todofichajes xabariga ko'ra, Bundesliga giganti "Real Madrid" futbolchisi Orelen Tchuameni bilan qiziqmoqda.
Manbaga ko'ra, "Bavariya" Tchuameni uchun 100 million evro to'lashga tayyor. Madridning “Real” klubi Kilian Mbappe bilan shartnomani yopish maqsadida bu puldan foydalanishi mumkin. Biroq 24 yoshli Tchuamenining o'zi "Real"da qolishni istamoqda.
2023/2024 yilgi mavsumda frantsuz 23 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.