Futbol agentlari «Yuventus»ga murojaat qilib, «Real» yarim himoyachisi Toni Kroos bilan shartnoma imzolashni taklif qilishdi.
34 yoshli futbolchining madridliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi, ammo Kroos faoliyatini qaerda davom ettirish borasida hali bir qarorga kelmadi.
«Yuventus» esa ayni paytda qimmat transferlarga qo'l ura olmaydi. Shuning uchun jamoa erkin agentlar bilan shartnoma imzolash orqali tarkibni kuchaytirishga harakat qiladi. Xususan, «Yuve» «Latsio» yarim himoyachisi Felipe Andersonga qiziqish bildirmoqda.
Vositaslar Tonini «Yuventus»ga taklif qilgan bo'lsalar-da, ayni paytda tomonlar o'rtasida ushbu masalada muzokaralar ketmayapti.