So'nggi paytlarda matbuotda Erling Xoland kelasi yozda "Real"ga o'tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Biroq 23 yoshli norvegiyalik futbolchi klubini o'zgartirish niyatida emas – u “Manchester Siti”da o'ynashda davom etadi. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
2023/2024 yilgi mavsumda Erling Xoland “Manchester Siti”ning 23ta o'yinida qatnashgan. Ularda hujumchi 19ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Manchester Siti" hozirda APL turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.