"Atletik" vingeri Niko Uilyams yozgi transfer oynasida jamoasini almashtirishi mumkin. 21 yoshli ispaniyalik futbolchining faoliyatini davom ettirish variantlari orasida "Real" va Birmingemning "Aston Villa" klublari bor, deb xabar beradi Todofichajes.
Qirollik klubi agar Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolansa, jamoani tark etishi mumkin bo'lgan Rodrigoga muqobil sifatida Uilyamsni ko'rib chiqmoqda. Nikoning transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda.
Uning basklar bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. La Liganing joriy mavsumida Uilyams 20 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.