"Chelsi" klubi jamoa darvozaboni Tibo Kurtuaga yangi shartnoma taklif qildi. Amaldagi shartnoma o'z kuchini 2019 yilga kelib yo'qotishiga qaramasdan, londonliklar uni hozirdanoq uzaytirishni istamoqdalar.
Sky Sports xabariga ko'ra, "Chelsi" rahbariyati 25 yoshli darvozabon bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Hzircha shartnoma shartlari noma'lum. Avvalroq, belgiyalik posbooning haftalik maoshi 200 ming funtga oshishi aytilgan edi.
Shu yilning yanvarida "Real" Kurtua uchun 30 mln evro taklif qilgan edi.