Yakshanba kuni "Real Madrid" "Atletiko" bilan o'yinda g'alabani saqlab qola olmadi – "Madrid derbisi" 1:1 hisobida yakunlandi.
"Los-Blankos" himoyachisi Nacho ishonchsiz o'ynadi va muxlislar tanqidiga uchradi. 34 yoshli futbolchining derbidagi o'yini Nachoning kelajagiga ta'sir qilishi mumkin. Klub bu futbolchini asosiy himoyachi sifatida ko'rmayapti. Shu tariqa, Nacho yozda "Real"ni tark etishi mumkin, deb yozadi TodoFichajes nashri.
Qayd etilishicha, Nacho "Real Madrid"ning to'rtinchi o'rindagi markaziy himoyachisi - David Alaba, Eder Militao va Antonio Ryudiger undan yuqoriroqda joylashgan. Hozir ularning barchasi jarohatlarini da'volash bilan band. Aytish joizki, Nacho butun faoliyatini "Real"da o'tkazadi.