"Real Madrid" klubining "Real TV" telekanali derbida Jud Bellingem bilan bo'lgan epizod haqida fikr bildirdi.
Madridning "Real" klubi La Liganing 23-turi doirasida "Atletiko" bilan durang o'ynadi (1:1).
60-daqiqada "qaymoqranglilar" yarim himoyachisi himoyachi Stefan Savich bilan o'tkazilgan dueldan so'ng raqib jarima maydonchasida yiqilib tushdi. Xose Mariya Sanches Martines boshchiligidagi hakamlar brigadasi ushbu epizodda penalti belgilamadi.
"Aytishga hojat yo'q, penalti belgilanmagani juda achinarli. Savich to'pga e'tibor bermay, oldinga harakat qilolmasligi uchun tirsagini Bellingemning orqasiga qo'yadi", dedi video muallifi.
"Real TV" Bellingem bilan bog'liq yana bir epizodga ham izoh berdi - burchak to'pi o'yinga kiritilayotganida Markos Lorente unga zarba bergan.
"Ular quchoqlashishdi deyish odamlarni ahmoq deb qabul qilishdir, biz esa ahmoq emasmiz. Ikkita penalti bor edi, biroq hakamlar birortasini ham belgilamadi. Jud Ispaniya ligasi nima ekanligini tushuna boshladi" - deyiladi videoda.
"Rea TV": Uch soatlik "Uzuklar hukmdori" film trilogiyasi bor. Biz "Atletiko"ga qarshi derbi hakamlari haqida trilogiya yaratishimiz mumkin, ular har doim "matraschilar" tomonida bo'ldi".
Sobiq hakam Iturralde Savich va Bellingem o'rtasidagi jang tufayli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan penalti haqida: Hakam penalti belgilash uchun kontakt etarli emas deb qaror qildi.