Madridning “Real” klubi yaqin orada o'z darvozaboni Andrey Luninga yangi shartnoma taklif qilishi mumkin. Jurnalist Matteo Morettoning yozishicha, ukrainalik darvozabon "Santyago Bernabeu"dagi faoliyatini uzaytirishi mumkin.
Manbaning qo'shimcha qilishicha, "Real Madrid" Luninning joriy mavsumdagi o'yinidan juda mamnun. Eslatib o'tamiz, ukrainalik futbolchi jarohat olgan Tibo Kurtua o'rniga yozda Londonning “Chelsi” klubidan ijaraga olgan Kepa Arrizabalaga qarshi bahsda g'alaba qozongan edi.
Luninning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Ukrainalik futbolchi muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun klubni tark etishni xohlaydimi yoki yo'qmi, hozircha rahbariyatga aniqlik kiritmagan.