«PSJ» rahbariyati hujumchi Kilian Mbappedan "Real"ga o'tayotgani haqida qarorini e'lon qilishga shoshilmaslikni so'radi.
Klub Evropa chempionlar ligasida ishtirok etayotgan paytda 24 yoshli futbolchi bunday bayonot bilan chiqsa, jamoaning natijasiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligi Kilianga tushuntirildi.
Avvalroq ikkita nufuzli nashr — ESPN va Le Parisien frantsiyalik futbolchi yozda "Real"ga o'tish borasida qaror qabul qilgani haqida ma'lumot tarqatdi. Mbappening parijliklar bilan shartnomasi joriy mavsum so'ngida yakunlanadi.