Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga kecha “Santyago Bernabeu”da “Atletiko”ga qarshi kechgan derbida olgan jarohatini dastlabki ko'rikdan o'tkazdi.
The Athletic xabariga ko'ra, dastlabki ekspertizada jiddiy jarohat aniqlanmagan.
10 fevral kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadigan "Jirona"ga qarshi o'yinda Kamavinga maydonga tushishi mumkin. Kamavinga Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 17 ta o'yinda maydonga tushdi.