Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Atletiko"ga qarshi Ispaniya La Ligasining 23-tur uchrashuvidagi (1:1) durangdan so'ng jamoa darvozaboni Andrey Luninning o'yini haqida fikr bildirdi.
"Men undan juda yaxshi o'yin ko'rdim, u Grizmannning zarbasidan keyin seyv qildi, o'yin davomida bizni ko'p qutqardi. Andrey o'z ishini juda yaxshi bajardi", - dedi Anchelotti MadridUniversal bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya La Ligasining 23-turi doirasida "Real" – "Atletiko" uchrashuvi bo'lib o'tdi. "Los-Blankos" Diego Simeone shogirdlari bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.