Ispaniya La Ligasining 23-turida “Real” 4 fevral, yakshanba kuni “Atletiko”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 20-daqiqasida “Real”ning ajoyib kombinatsiyasini Braim Dias gol bilan yakunladi. Birinchi bo'lim “qaymoqranglilar”ning minimal ustunligida yakunlandi.
Ikkinchi bo'limda esa jamoalar xavfli hujumlar uyushtirishni davom ettirdi. Biroq, hakam qo'shib bergan daqiqalarda Lorente boshi bilan Lunin qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi va hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv durang natija bilan yakunlandi.
Karlo Anchelotti jamoasi durang natijaga qaramasdan, 58 ochko bilan musobaqa peshqadami sifatida qolmoqda. Diego Simeone shogirdlari esa 48 ochko bilan kuchli to'rtlikni yakunlab turibdi.
La liga, 23-tur bahsi
4 fevral, yakshanba
“Real” – “Atletiko” 1:1
Gollar: 1:0 – 20 Braim Dias, 1:1 — 90+3 Lorente.
“Real Madrid”: Lunin, Karvaxal, Nacho, Mendi, Kroos, Valverde, Kamavinga, Bellinghem, Vaskes, Braim Dias (Xoselu, 71), Rodrigo (Modrich, 76).
“Atletiko”: Oblak, Savich, Ermoso, Vittsel, Lorente, Rikelme (Molina, 46), Koke (Korrea, 68), Saul (Lino, 61), De Pol (Barrios, 61), Grizmann, Morata (Depay, 61).
Ogohlantirishlar: Saul (37), Ermoso (38), Koke (82).