Frantsiyaning "Lion" klubi 2002 yilda Krishtianu Ronalduni qo'lga kiritishi mumkin edi.
"To'quvchilar"ning sobiq hujumchisi Toni Verel gapiga ko'ra, klub rahbariyati uning transferini amalga oshirishni istamagan.
"Sporting" klubi Ronaldu va yana bir futbolchini "Lion"ga taklif qilgan edi. Ammo rahbariyat uning transferini maqsadga muvofiq deb hisoblamadi. Keyinchalik ular qattiq afsusda qoldi" - dedi Verel.
Eslatib o'tamiz, 2003 yilda Ronaldu "MYu" klubiga 17.5 mln evro evaziga o'tib ketgan edi.