Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Barselona" prezidenti va murabbiyining tanqidlariga javob berishdan bosh tortdi.
Avvalroq, "ko'k-anorranglilar" vakillari hakamlar "Real"ga yordam berayotganiga sha'ma qilgandi.
"Xavi va Laportaning hakamlar "Real"ga yordam berayotgani haqidagi so'zlari? Ispaniya futbolini hurmat qilganim uchun bu darajaga tushmayman. Mendan buni so'ramang", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Xavi so'nggi matbuot anjumanida "Real" foydasiga bahsli qarorlarni hatto ko'r odam ham ko'ra oladi" degan edi.
Eslatib o'tamiz, “Barselona” ustozi mavsum yakunida o'z lavozimini tark etadi.