Madridning "Real" klubi o'ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal ertaga bo'lib o'tadigan Ispaniya chempionati doirasida "Atletiko"ga qarshi o'yinda markaziy himoyachi sifatida maydonga tushishi mumkin.
Jurnalist Migel Anxel Diasning fikricha, agar Antonio Ryudiger "matraschilar" bilan o'yinda ishtirok eta olmasa, uning o'rnini Karvaxal egallaydi.
Shu tariqa, Dani himoya markazida o'ynasa, Lukas Vaskes himoyaning o'ng qanotida o'ynaydi.
Eslatib o'tamiz, David Alaba va Eder Militao tizzasidagi jarohat tufayli mavsumning qolgan qismida safdan chiqqanidan keyin Ryudiger va Nacho "Real Madrid"ning yagona markaziy himoyachilari bo'lib qolmoqda.