"Real"ning sobiq futbolchisi Eden Azar dietaga munosabati haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, 33 yoshli belgiyalik futbolchi faoliyati davomida bir necha bor ortiqcha vaznga duch kelgan.
Azar yaqinda professional faoliyatini yakunladi, avvalroq “Real”ni erkin agent sifatida tark etgan edi.
“Dieta - bu vaqtni behuda sarflash, u ishlamaydi. Men gedonistman, do'stlarim bilan ovqatlanishni va ichishni yaxshi ko'raman.
Agar siz 40 yoshgacha o'ynashni istasangiz, unda dieta sizga yordam beradi. Faoliyatimni erta yakunlashimni boshidan bilardim.
Muzlatgichimda doim bir shisha shampan bo'lardi”, dedi Azar.