Madridning “Real” klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger Ispaniya chempionati doirasida “Santyago Bernabeu”da bo'lib o'tadigan “Atletiko”ga qarshi derbida ishtirok etmoqchi.
Marca xabariga ko'ra, nemis futbolchisi jarohatiga qaramay jamoasiga "matraschilar" bilan o'yinda yordam berishni juda xohlaydi.
Futbolchi son sohasida og'riqni boshdan kechiradi, ammo bu unga harakat qilish imkonini beradi. Himoyadagi kadrlar bilan bog'liq muammolar tufayli Ryudiger "Atletiko" bilan o'yinga asosiy tarkibda kirishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, David Alaba va Eder Militao tizzasidagi xoch bog'lamlari jarohatidan forig' bo'lishmoqda.