"Real" klubi rahbariyati Ronalduni tarkibda saqlab qolish uchun, uning talablarini bajarishga rozi bo'lgan.
OK Journal xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi shartnomasida belgilangan maoshining miqdorini qayta ko'rib chiqishni va uning oshirilishini istagan. Rahbariyat esa bunga rozi bo'lgan.
Endi Ronaldu bilan imzolanadigan yangi shartnomaga ko'ra, uning maoshi sof 30 million evro qilib belgilanadi.