"Barselona" prezidenti Superliga haqida gapirdi.
"Superliga kelasi mavsum yoki 2025/26 yilda boshlanishi mumkin, ammo bo'lmasa, hammasini qayta ko'rib chiqaman. Ingliz jamoalari qo'shiladimi, menga farqi yo'q. Ularning allaqachon o'z Superligasi – APL bor.
Turnirni o'n oltita jamoa bilan boshlash mumkin. Evropa kubogi 1955 yilda juda oz sonli klublar bilan boshlandi va keyinchalik Evropaning asosiy turniriga aylandi.
Tasavvur qilamanki, birinchi bosqich shunday bo'ladi, keyin ko'proq klublar qo'shiladi.
Superliga degani, klub hech bo'lmaganda turnirda qatnashgani uchun 100 million evro oladi, Chempionlar ligasida g'alaba qozonganing uchun esa buni ham olmaysiz", - dedi Joan Laporta RAC1 radiosiga bergan intervyusida.
"Barselona" prezidenti Superligaga qo'shilishi mumkin bo'lgan klublar nomini aytib o'tdi. Bular “Real Madrid”, “Barselona”, “Inter”, “Milan”, “Roma”, “Napoli”, “Portu”, “Sporting”, “Benfika”, “Ayaks”, “Feyenoord”, “PSV”, “Marsel”, “Bryugge” va “Anderlext”.