Yarim himoyachi Arda Gyuler "Real Madrid"ga moslashish jarayonini davom ettirmoqda.
18 yoshli futbolchi doimiy jarohatlar tufayli mavsumning birinchi yarmini to'liq o'tkazib yubordi. Turk futbolchisining debyuti faqat yanvar oyida bo'lib o'tdi, ammo o'shandan beri vunderkind maydonga bor-yo'g'i 3 marta tushdi va jami 80 daqiqadan kam o'ynadi.
Marca ta'kidlaganidek, Madridning “Real” klubi Gyulerni ajoyib ijodkor futbolchi deb hisoblaydi, biroq murabbiylar shtabi uning o'yinida, jumladan, to'psiz ishida ko'proq shiddat ko'rishni xohlaydi.