"Real Madrid"ning 33 yoshli markaziy hujumchisi Xoselu 2024 yil boshida jamoa rahbariyati va murabbiylar shtabini hayratda qoldirdi.
"Xetafe" bilan so'nggi o'yinda hujumchi dubl qayd etdi. "Qirollik klubi" tajribali to'purarning o'yinidan mamnun va uni "Espanol"dan sotib olishni rejalashtirmoqda.
Bosh murabbiy Karlo Anchelotti ham futbolchini jamoada saqlab qolmoqchi. Xoseluning "Los-Blankos" bilan ijara shartnomasi shu mavsum oxirigacha amal qiladi.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor narxi besh million evroni tashkil qiladi. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida hujumchi 22 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.