Antonio Ryudiger “Xetafe”ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
"Real Madrid" himoyachisi birinchi bo'lim oxirida Meyson Grinvud bilan to'qnashib ketganidan so'ng tizzasida muammolarga duch keldi. Nemis tanaffus hushtagigacha o'ynadi va oqsoqlanib kiyim almashtirish xonasiga kirdi. Unga jamoaning tibbiy shtabi vakillari hamrohlik qilishdi.
Tanaffusda Ryudiger o'rniga Eduardo Kamavinga maydonga tushdi. Orelen Tchuameni markaziy himoyachi pozitsiyasiga o'tdi.
Nacho Fernandes "Real" himoya markazida foydalana oladigan yagona sog'lom futbolchi bo'lib qolmoqda. Ryudigerdan tashqari David Alaba va Eder Militaolar jarohatidan forig' bo'lishmoqda.