Orelen Tchuameni Madrid derbisida ishtirok etmaydi.
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi “Xetafe”ga (2:0) qarshi o'yinning so'nggi daqiqasida qo'pollik ishlatgani uchun bosh hakam Rikardo de Burgos Bengoechedan sariq kartochka oldi.
Frantsiyalik futbolchining hozirda La Ligada beshta ogohlantirishi bor, bu esa avtomatik ravishda diskvalifikatsiyaga olib keladi.
Madridning “Real” klubi 4 fevral kuni “Atletiko”ga qarshi bahs olib boradi.