Yarim himoyachi Jud Bellingem "Real"da o'ynash haqida gapirdi.
"Ma'lumki, "Real Madrid" dunyodagi eng katta klub. Bernabeu yonida bo'lganingizda o'zingizni Kolizeydagidek his qilasiz, o'zingizni gladiatordek his qilasiz. Bu o'zgacha joy. Bu klub qanchalik buyuk ekanligini tasavvur ham qila olmaysiz", - dedi Bellingem klub matbuot xizmatiga.
Joriy mavsumda Bellingem barcha turnirlarda 26 ta o'yin o'tkazib, 18 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.