Madridning “Real” klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich joriy mavsum oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin.
Bu haqda insayder Manu Karreno o'z manbalariga tayanib xabar berdi. Jurnalistning so'zlariga ko'ra, Modrich "qirollik" klubini shartnoma muddati tugashi sababli tark etadi.
Agar 38 yoshli yarim himoyachi o'zini qiziqtirgan taklif olmasa, Evro-2024dan keyin butsasini mizxa osib qo'yishi mumkin.