Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem jamoasining Ispaniya Superkubogidagi g'alabasini esladi.
Eslatib o'tamiz, yanvar oyi boshida "Qirollik klubi" avvaliga yarim finalda "Atletiko"ni mag'lub etgan, keyin esa finalda "Barselona" bilan to'qnash kelgandi.
"Bu alohida tajriba edi. "Atletiko"ga qarshi birinchi o'yinda ustunlik qildik, ammo oddiy vaqtda o'yinda g'alaba qozona olmadik. Biz finalga chiqa oldik va u erda o'z darajamizni ko'rsatdik. Umid qilamanki, bu mening ko'plab sovrinlarim orasida birinchi sovrinim", - dedi Bellingem Madrid Xtra nashri bilan suhbatda.