"Real" yarim himoyachisi Luka Modrichning kelasi mavsumda "Santyago Bernabeu"da qolishi mavhum bo'lib turibdi. Boisi, bu masala faqat xorvatiyalik futbolchining o'ziga bog'liq emas.
Boisi, 38 yoshli futbolchi joriy mavsumda kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. Keyingi mavsumda bu ko'rsatkich yanada kamayishi mumkin. Buni Modrichning o'zi ham tushunib turibdi.
Shuning uchun "Madrid"ning o'zi ham Lukani olib qolish "ishqida yonmaydi". Boz ustiga, futbolchining o'zi ham bunday sharoitda "Real"da qolishni istamasa kerak.