Yarim himoyachi Toni Kroosning klub darajasidagi kelajagi noaniqligicha qolmoqda.
"Real" nemis futbolchisiga yangi mehnat shartnomasi taklif qilishga tayyor, biroq futbolchi hali shartnoma imzolash haqida bir qarorga kelmagan.
The Athletic xabariga ko'ra, klub Kroosga qaror butunlay uning o'z qo'lida ekanligini ma'lum qilgan.
Amaldagi mehnat shartnomasi 34 yoshli Kroosni "Real" bilan iyun oyi oxirigacha bog'laydi. Avvalroq futbolchi Madrid klubidagi faoliyatini yakunlash niyati haqida bir necha bor gapirgan edi.