Karlo Anchelotti murabbiylarga bo'lgan bosimga bo'lgan munosabati haqida gapirdi.
– Top 5 chempionatning qaysi birida bosimni ko'proq his qildingiz?
– Faoliyatim boshida, Italiya ikkinchi divizionida. Menga u erda stressni engish juda qiyin bo'ldi, shunda men yordamchimga 2000 yilga etib bormasligimni aytdim. 2024 yil va men hali ham murabbiylik qilyapman.
Asta-sekin ko'nikasiz va bosim o'z ishingizni yaxshiroq bajarishga imkon beruvchi yoqilg'i ekanligini tushunasiz", - dedi "Real" bosh murabbiyi.