"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich yanvar oyida Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tish uchun jamoasini tark etishdan bosh tortdi, saudiyaliklar unga katta maosh taklif qilishgandi.
Cadena SER nashri xabariga ko'ra, xorvatiyalik yarim himoyachi boshqa klubga o'tish imkoniyatini o'ylab ham ko'rmagan. Yarim himoyachi bor e'tiborini "Real"da o'ynashga qaratgan.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum yakunida 38 yoshli Modrichning "Qirollik klubi" bilan shartnomasi tugaydi. "Qirollik klubi" tez orada faxriyga kelasi mavsum oxirigacha yangi shartnoma taklif qilishi mumkin.
Joriy mavsumda Modrich Ispaniya La Ligasida 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.