"Real"ning sobiq yarim himoyachisi Guti mavsum yakunida Xavining "Barselona" bosh murabbiyligidan ketishi haqidagi xabarga izoh berdi. U 44 yoshli mutaxassisning qarorini tushunmaganini takidladi.
"Menimcha, u "Barsa" haqida emas, balki o'zi haqida o'ylagan. U hayratda qoldirdi. Uning kuchi etmadi. Xavi bolaligidanoq “Barselona” safida. Agar jamoa yutqazsa yoki yomon o'ynasa, murabbiy yomonga aylanadi. U buni bilmasmidi? Laporta atrofida matbuot anjumani oldidan nima haqida o'ylash kerakligini aytadigan odamlar bor. Agar murabbiy bu haqda gapirmoqchi bo'lsa, darhol ketsin. Uning iste'foga chiqishini shu tarzda e'lon qilishi hech kimga foyda keltirmaydi”, - deydi Guti.