Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres Andrey Lunin va Kepa Arrisabalaga kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Don Diario portali xabariga ko'ra, Peres Luninni jamoada saqlab qolish istagini bildirgan va bu haqda "qaymoqranglilar" jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottini xabardor qilgan.
Shuningdek, Peres joriy mavsum yakunlangach, "Chelsi"ga qaytadigan Kepa xizmatidan voz kechishga qaror qilgani qayd etilgan. "Galaktikos" vakillari yaqin vaqt ichida Luninga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Joriy mavsumda Lunin "Real" safida turli turnirlarda 13 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol o'tkazib yuborgan va 5 ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.