Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti turli jarohatlar tufayli mavsumning birinchi yarmini o'tkazib yuborgan yarim himoyachi Arda Gyulerning sog'ligini xavf ostiga qo'yishga shoshilmayapti.
Relevo xabariga ko'ra, Anchelotti 18 yoshli Gyulerda katta imkoniyatlarni ko'rmoqda. Murabbiy yosh yarim himoyachining mashg'ulotlarda ko'rsatayotgan o'yinidan qoyil qoldi.
Biroq, so'nggi oylardagi jarohatlar tarixini hisobga olsak, Karlo Ardaga hali ko'p o'yin vaqtini berishga shoshilmayapti.
Gyuler La Liganing ushbu mavsumida faqat bitta o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. Yozda “Real” iqtidorli yarim himoyachi uchun Turkiyaning “Fenerbaxche” klubiga 20 million evro to'lagan edi.