Ispaniya La ligasi prezidenti Xaver Tebas Superliga loyihasi ishga tushsa, o'z lavozimini tark etishga va'da berdi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda Evropa sudi musobaqa tashkil etilishini ma'qullagan va boshqa xalqaro futbol tashkilotlariga musobaqa boshlanishiga to'sqinlik qilishni taqiqlagan edi.
La Liga rahbari Marca nashriga bergan intervyusida qisqacha: "Agar Superliga tashkil etilsa, iste'foga chiqaman" - dedi.
Superliganing tashkil etilishi 18 oygacha davom etishi mumkinligi haqida avvalroq xabar berilgan edi. Hozircha ishtirokchi klublar qatorida Kataloniyaning “Barselona”, “Real Madrid” va Turinning “Yuventus” klublari bor. Angliyaning barcha top-klublari turnirda qatnashishdan bosh tortishdi.