"PSJ" klubi hujumchi Kilian Mbappe bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha haligacha taklif bilan chiqqani yo'q, deya xabar bermoqda AS nashri. Frantsiyalik futbolchining parijliklar klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Manbaga ko'ra, klub rahbariyati avvalo Mbappe Parijdagi uzoq muddatli loyihaning bir qismi bo'lishni xohlayaptimi yoki yo'qligini aniqlamoqchi. Eslatib o'tamiz, avvalroq Kilian yaqin kunlarda "PSJ"ga klubdagi kelajagi haqida ma'lumot berishi haqida xabar berilgan edi.
Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 27 ta o'yin o'tkazib, 28 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt internet portali frantsiyalik hujumchining bozor qiymatini 180 million evroga baholamoqda.“PSJ” joriy mavsum Frantsiya chempionatining 19-turidan so'ng 44 ochko jamg'arib, turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi.