"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va uning sevgilisi Jorjina Rodriges to'y bazmini o'tkazishi mumkin.
Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, futbolchi va uning dugonasi ijtimoiy tarmoqlardagi kelin libosi dizaynerlari bilan qiziqa boshlagan.
Bundan tashqari, juftlik Lissabonning "Sporting" klubi o'yiniga tashrif buyurganida, Jorjina qo'lida nikoh uzugi borligi ko'rinib qolgan.
Katta ehtimol bilan ular yaqinda o'z munosabatlarini rasmiylashtirib olishi mumkin.