Madridning "Real" klubi joriy mavsum o'z darvozasi oldida yuzaga kelgan standart vaziyatlarni bartaraf etishda juda ishonchli harakat qilmoqda.
The Athletic ma'lumotlariga ko'ra, "qirollik klubi" Evropaning top-5 chempionatlarida joriy mavsumda standart vaziyatlarda o'z darvozasidan birorta ham gol o'tkazib yubormagan yagona jamoadir. "Los-Blankos", shuningdek, 2019/20 mavsumdan beri standartlardan eng kam gol o'tkazib yuborgan jamoalar ro'yxatida ham birinchi o'rinda turadi (jami 21 gol).