"Bavariya" Alfonso Devisning o'yinidan norozi.
Jurnalist Georg Xolznerning yozishicha, klub rahbariyati bu haqda himoyachini Rojdestvo bayrami oldidan xabardor qilgan.
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel kecha "Union" bilan o'yinda (1:0) Devisni zaxirada qoldirdi.
Avvalroq Devisga Madridning “Real” klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi. 23 yoshli himoyachining "Bavariya" bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi.