Karlo Anchelotti "Real Madrid" futbolchilarini hakamlik shovqinidan izolyatsiya qilmoqchi.
Marca nashrining yozishicha, bu g'oya to'liq e'tiborni La Liganing keyingi to'rtta o'yiniga – "Las-Palmas", "Xetafe", "Atletiko Madrid" va "Jirona"ga qarshi o'tkazishdan iborat.
"Real" bu uchrashuvlarni chempionlikka yaqinlashishda hal qiluvchi ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Qayd etilishicha, aynan shu davrda madridliklar taqvim bilan bandligi kamroq bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, "Real" ayni damda 51 ochko jamg'arib, 2-o'rinda bormoqda. "Jirona" 52 ochko bilan birinchi o'rinda. “Barselona” “Real”dan 7 ochko ortda qolmoqda.