«Real» yoki «Barselona» klublaridan biri keyingi yilgi Ispaniya superkubogi yo'llanmasini qo'lga kiritmasa, Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi bundan ma'lum miqdorda zarar ko'radi.
Saudiya Arabistoni bilan 2029 yilgacha tuzilgan shartnomaga ko'ra, agar «Real» va «Barselona» musobaqada ishtirok etmasa, shartnoma puli kamaytirilishi haqida band bor.
Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi har yil 40 million evro miqdorida pul olmoqda. Agar ikki granddan biri turnirda ishtirok etmasa, shartnoma miqdori 5 million evroga kamayadi.
«Real» va «Barselona» Ispaniya kubogining joriy mavsumida turnirdan chiqib ketgach, endi ular La ligada 1 yoki 2-o'rinni egallasagina Superkubok yo'llanmasini qo'lga kiritadi.
Xavi jamoasi ayni paytda jadvalda 3-o'rinda bormoqda. «Jirona» va «Real» esa chempionatda peshqadam bo'lib turishibdi.