Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello Chempionlar ligasining asosiy favoritlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Chempionlar ligasida ikkita favorit bor – “Manchester Siti” va “Real”.
Har qanday qiyin vaziyatdan chiqish yo'lini topa oladigan Kevin de Bryuyne «shaharliklar» safiga qaytdi", - deya Kapellodan iqtibos keltiradi Marca.
Eslatib o'tamiz, EChL 1/8 finalida “Manchester Siti” “Kopengagen” bilan, “Real” esa “RB Leyptsig” bilan bahs olib boradi.
Har ikki o'yin 13 fevral kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.