«Real» yarimhimoyachisi Toni Kroos jarohatidan qutulib, umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, u navbatdagi o'yinda maydonga tushishga tayyor.
Ammo Daniel Karvaxal, Teo Ernandes va Xesus Valexo kichik jarohati borligi tufayli, alohida shug'ullandi.
Karim Benzema va Mateo Kovachich jarohatini davolayotgani sababli, mashg'ulotlarda ko'rinish bermadi.